So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

13 okt 16:16
Yangiliklar

Sport kurashlari

Razambek Jamalovning ustozi O'zbekiston erkin kurash terma jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi

Teglar :  Razambek Jamalov
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Xasavyurtlik 52 yoshli mutaxassis Musa Saydulbatalov erkin kurashchilarimizni navbatdagi musobaqalarga tayyorlaydi. Tez orada start oladigan jahon chempionatida ishtirok etmaydigan terma jamoamiz uchun bu yilgi musobaqalar deyarli yakunlangan. Saydulbatalovning qachon bosh murabbiy sifatida tanishtirilishi va uning boshchiligidagi ilk musobaqa qachon bo'lishi bizga hali malum emas. 

Xabarlarga qaraganda, Musa Saydulbatalovga terma jamoamizning shu kungacha bosh murabbiyi bo'lgan Olim Hikmatov yordam beradi. Saydulbatalov sportchilik faoliyatida Ukraina chempioni bo'lgan. Evropa chempionati ishtirokchisi. Erkin kurash afsonalaridan biri Buvaysar Saytievning Hasavyurtdagi maktabida murabbiylik qilib kelmoqda. 

Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov Buvaysar va Adam Saytiev hamda Musa Saydulbatalov murabbiyligida mashg'ulotlarni o'tkazib keladi. Saydulbatalov Razambekdan tashqari Abubakar Mutaliev, Adlan Bataev, Muslim va Musa Mextixanov, Umar Mutaliev, Imran Xamidov, Xamzat Bolatov, Arbi Abakarov singari kurashchilarning ustozi hisoblanadi. 

Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Rustam Assakalov yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Assakalov Parij-2024 Olimpiadasidan keyin sportchilik faoliyatini yakunlagandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing