29 okt 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Rejis Progreys SHahram G'iyosovning vazniga o'tmoqchi
Birinchi yarimo'rta vaznda sobiq jahon chempioni, amerikalik Rejis Progreys Jek Ketterolga yutqazib qo'ygach, navbatdagi jangini yarimo'rta vazn toifasida o'tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.
"So'nggi janglarimda vazn qilish men uchun juda qiyin bo'lib ketdi. Anchadan buyon vazn toifamni oshirish haqida o'ylab yurgandim. Yuqori vazn toifadasidagi janglarda qatnashish menga qulayroq bo'ladi.
Endi dam olishim va tuzalishim kerak, keyin esa yangi vaznda bir-ikkita jang o'tkazaman. Men bu divizionning eng yuqori pog'onadagi bokschisi bilan jang qilishga tayyorman", deya Progreysning so'zlaridan iqtibos keltiradi BoxingNews24.
Malumot o'rnida, Rejis o'tish niyatida bo'lgan super yarimo'rta vazn toifasida charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov faoliyat olib boradi. U WBA chempioni Eymantas Stanionis bilan jang qilishi kerak.
Havola :
Fikrlar