06 iyu 07:34
Yangiliklar
Karate
Respublikamizdagi 80ga yaqin MTMda bepul karate to'garaklari ish boshladi
O'zbekiston karate Milliy federaciyasining yig'ilishida qisqa fursat ichida mamlakatimizdagi maktabgacha talim muassasalarida bepul karate to'garaklarini ochish vazifasi belgilab berilgandi.
SHunga ko'ra, qisqa vaqt ichida Respublikamizning turli hududlarida joylashgan 80 ga yaqin maktabgacha talim muassasalarida bepul karate to'garaklari ish boshladi. SHuningdek, ayni paytda bolajonlar uchun yana 100dan ortiq to'garak ochish rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda hududlardagi MTMlarda ochilgan karate to'garaklari:
Toshkent shahri – 15ta
Farg'ona viloyati – 12ta
Namangan viloyati – 12ta
Andijon viloyati – 10ta
Toshkent viloyati – 10ta
Samarqand viloyati – 7ta
Xorazm viloyati – 6ta
Qoraqalpog'iston Respublikasi – 5ta
Sirdaryo viloyati – 4ta.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar