22 okt 07:27
Yangiliklar
Dzyudo
Restartdagi turnirda 69 davlat dzyudochilari tatamiga chiqadi
Ertadan keyin Vengriya poytaxti Budapesht shahrida uzoq davom etgan karantindan keyingi ilk turnir start oladi.
23-25 oktyabr kunlari o'tkaziladigan Budapesht "Katta Dubulg'a" musobaqasida dunyoning 4 qitasi 69 davlatidan jami 459 (287 erkak, 172 ayol) nafar dzyudochi tatamiga chiqadi.
Tabiiyki, eng ko'p ishtirokchi Vengriyadan - 37 nafar. Mezbonlar har bir vaznda maksimal - 4 nafardan dzyudochi bilan qatnashish huquqidan foydalanishdi. Rossiya (28), Mo'g'uliston (26), Franciya va Polsha (24 nafardan) mamlakatlari ham katta delegaciya bilan Vengriyaga tashrif buyurishadi.
Xabar berganimizdek, O'zbekiston terma jamoasi Budapesht "Katta Dubulg'a" turnirida 10 dzyudochi bilan ishtirok etadi. Bundan bir necha daqiqa avval delegaciyamiz Istanbul orqali Budapeshtga etib bordi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar