19 may 10:54
Yangiliklar

Revansh oldidan Sterling faoliyatini deyarli yakunlagan edi
"Menda juda ko'p bosim bor edi — jarrohlik, tiklanish, mashg'ulotlarni boshlash uchun bir nechta muvaffaqiyatsiz urinishlar... Aniq maqsadni ko'rmasdan mashq qilayotgandek tuyulardi. Yo'l oxirida yorug'likni ko'rmayotgan edim. Rostini aytsam, faoliyatimni yakunlayman deb o'ylay boshganladim.
Ammo, fikrimni jamlab, barchasini yakunlaganimdan xursandman. Vazn o'lchashga qadam qo'yganimda juda hayajonda edim. Bu hech qachon bo'lmaydi deb o'yladim. SHuning uchun men hozir tanaffus qilishga qaror qildim", — dedi amerikalik jangchi.
9 aprel kuni Jeksonvildagi UFC 273 turnirida Aljameyn Sterling Petr Yan ustidan g'alaba qozongandi. Amerikalik navbatdagi jangida Ti Jey Dillashou yoki Genri Sexudaga qarshi oktagonga ko'tarilishi mumkin.
Fikrlar