09 okt 17:49
Yangiliklar

Reyting. Dunyo, Evropa, Osiyo, Markaziy Osiyo miqyosidagi eng kuchli MMA ligalari haqida bilasizmi?
Dunyo reytingda shubhasiz, UFC peshqadam. Ikkinchi o'rinda esa yana bir AQSH promousheni - Bellator turibdi. Uchlikni Ahmat Ligasi - Absolute Championship Akhmat yakunlab bergan. Aynan mazkur liga Evropa miqyosida tengsiz hisoblanadi. Ushbu ligaga Rossiyada asos solingan.
Osiyoda Singupurning ONE FC ligasi peshqadam, ushbu liga dunyo reytingida kuchli beshlikka kirgan. ONE ligasidan so'ng, oltinchi o'rinni Xabib Nurmagomedov asos solgan Eagle FC ligasi egallagan. SHuningdek, kuchli o'nlikdan Osiyoning yana bir MMA ligasi - Rizin o'rin egallagan. Mazkur promoushen dunyo reytingida to'qqizinchi pog'onada qayd etilgan.
SHuningdek, reyting Markaziy Osiyoning eng kuchli MMA ligasini ham aniqlab berdi. Unga ko'ra, dunyo reytingida 26-o'rinni band etgan Octagon ligasi Markaziy Osiyoda tengsiz deb topildi. Qozog'istonning mazkur MMA promoushenida Osiyo qitasida beshinchi eng yaxshi liga deb topildi. Qizig'i, Octagon'dan keyingi o'rinni ham Qozog'iston promousheni - Naiza FC egallagan.
Fikrlar