10 dek 10:29
Yangiliklar

Richard Kommi: "Lomachenko bilan jang oson bo'lmaydi"
Madison Square Garden arenasida o'tkaziladigan boks oqshomining markaziy jangi sobiq jahon chempionlari - ukrainalik Vasiliy Lomachenko hamda ganalik Richard Kommi o'rtasida o'tkaziladi.
Ikki bokschi ertangi jang oldidan rasmiy matbuot anjumani hamda ko'z urishtirish marosimida hozir bo'lishdi.
"Juda ham hayajondaman. Hozir o'zimni yaxshi his etyapman. Ortimda butun vatanim turibdi. Lomachenkoga qarshi jang oson bo'lmasligini ham juda yaxshi bilaman. O'ylashimcha, mag'lubiyat bu boksning bir bo'lagi. Yutqazishing emas, o'sha mag'lubiyatdan qanday qaytishing muhim. Teofimo Lopesga qarshi jang tarixda qoldi. Men buni erkaklarcha qabul qildim. Yana qaytib, kuchli ekanimni isbotlashim kerak. Lomachenko ham bejizga meni tanlamagan. Hammasini jang ko'rsatadi", — dedi Kommi.
Fikrlar