So’nggi yangiliklar

12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0

09 avg 20:45
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Og'ir atletika, Eshkak eshish, Tokio-2020

Rio-2016. 4-kun. O'zbekiston sportchilarining bugungi ishtiroklari yakunlandi

Rio-2016 o'yinlarida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilarning natijalari bilan ushbu sahifada onlayn tarzda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.



20:43. SHu tariqa bugun o'zbek sportchilarining ishtiroklari yakunlandi.


20:34. Afsuski, SHahzodbek Sobirov amerikalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi...


20:26. Sobirov jangini boshlamoqda! Tomosha qilamiz!


20:20. Dzyudo. Birozdan so'ng SHahzod Sobirov ikkinchi jangini o'tkazadi.


19:55. Hurshid chorak finalda mezbon bokschi - Robson Kobsensauga qarshi jang qiladigan bo'ldi.


19:46. Hurshid Tojiboev ushbu jangda g'alaba qozondi! Ajoyib! U chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi!


19:41. Tojiboev ikkinchi raundda ham g'alaba qozondi!


19:39. U birinchi raundni o'z foydasiga hal qildi! Ajoyib!


19:34. Bokschimiz Hurshid Tojiboev o'z chiqishini boshladi! Raqib britaniyalik bokschi. Olg'a, Hurshid!


19:32. Og'ir atletika. Doston Yoqubov o'z chiqishlarini 313 kg natija bilan yakunladi. Endi qolganlarning natijasini kutish lozim...


19:30. SHahzodbek keyingi bosqichda amerikalik Travins Stevensga qarshi tatamiga chiqdi!


19:26. Yaxshiii! Sportchimiz raqibini ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo'llanma oldi!


19:23. Dzyudo. SHahzodbek Sobirov jangini boshladi!


19:15. Dostonbek Yoqubov siltab ko'tarishda ilk urinishda 172 kg toshni ko'tara oldi. Yaxshi!


19:04. Bu orada boks bo'yicha bahslar boshlandi. Birozdan so'ng Hurshid Tojiboev britaniyalik raqibiga qarshi jang qiladi.


18:55. Dzyudochimiz SHahzod Sobirovning chiqishiga taxminan 15-20 daqiqa vaqt bor.


18:53. Birozdan so'ng, toshni siltab ko'tarish bahslari boshlanadi. Bu erda vakilimiz raqiblaridan o'tib ketishi mumkin. Kutamiz!


18:45. Dast ko'tarish natijalariga ko'ra sportchimiz 9 nafar sportchi ichida 7-o'rinni egallab turibdi. Og'ir atletika qoidalariga ko'ra, uning vazni og'irroq bo'lgani uchun o'zi bilan bir xil natija qayd etgan sportchilardan pastda turibdi. U 5-o'rindagi sportchi bilan bir xil natija ko'rsatgan.


18:30. Sportchimiz 140 kg toshni ko'tara olmadi. Demak, dast ko'tarishda uning natijasi - 137 kg! Birozdan so'ng siltab ko'tarish bahslarida u o'z omadini sinab ko'radi. Qiyin bo'ladi...


18:26. Yoqubov ikkinchi urinishda 137 kg toshni o'ziga bo'ysundira oldi.


18:20. Takidlab o'tish lozimki, ushbu vazn toifasida rekord xitoylik Liao Xuiga tegishli. U 2014 yili bo'lib o'tgan JCHda 166 kg toshni ko'tarib jahon rekordini qayd etgan!


18:16. Doston Yoqubov ilk chiqishida 133 kg toshni xotirjam ko'tara oldi. Boshlanishi yaxshi!


18:05. Og'ir atletikachimiz Doston Yoqubov ishtirokini boshlamoqda! Unga omad tilab qolamiz! U -69 kg vazn toifasida tosh ko'taradi.


17:50. SHuningdek, Doston Yoqubov og'ir atletikachilarimizning chiqishlarini boshlab beradi.


17:45. Dzyudochimiz SHahzod Sobirovning ilk jangiga oz vaqt qolmoqda!


16:52. Endi birozdan so'ng dzyudochi va og'ir atletikachimizning ishtiroklari bizni kutib turibdi.


16:38. Afsuski sportchimiz so'nggi lahzalarda tezlikni pasaytirdi va finishga oxirgi bo'lib etib bordi... Endi u ertaga 13-24 o'rinlar uchun bo'ladigan bahsda kurash olib boradi.


16:33. 1000 metrdan so'ng beshinchi o'ringa tushib ketdi...


16:32. Sportchimiz 500 metrdan so'ng uchinchi bo'lib ketmoqda!


16:30. Boshlandi! Omad, SHahboz!


16:28. Bahs boshlanmoqda!


16:10. SHahboz Xolmurzaevning startga chiqishiga 20 daqiqa qoldi! U 2000 metrga akademik eshkak eshish bahslarida yarim final yo'llanmasi uchun kurashadi!


16:00. Biroz o'tib, taxminan 18:45 larda esa bizni medal olishga o'rgatib qo'ygan dzyudochilarimiz bahslarga kirishishadi. Bugun -81 kg vazn toifasida tatamiga chiqadigan SHahzodbek Sobirovdan ham umidimiz katta!


15:40. Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da sportchimiz SHahboz Xolmurzaev akademik eshkak eshish bahslarining chorak final bosqichida startga chiqadi. Unga ushbu bosqichda Memo (Indoneziya), Nils Yakob (Norvegiya), Angel Rodriges (Kuba), Ris Grant (Avstraliya) va Dongyuung Kim (Janubiy Koreya) lar raqiblik qiladilar. Finishga etib kelgan dastlabki uch sportchi yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


15:30. Assalomu alaykum hurmatli o'zbek sportchilarining chiqishlarini kutib o'tirgan qadrdon muxlislar! Rio Olimpiadasining to'rtinchi kuni boshlanish arafasida. Sportchilarimizning musobaqalardagi ishtiroklarini biz bilan birga kuzatib boring!

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
09 avg 19:42:55
SoLiYeV SoLiJoN RmA FaNaTi
Hurmatli yuzerlar iltimos yutqazib qôygan sportchilarimizni mazah yoki haqorat qilmang. Chunki biz ularni sport borasidagi ishlarininyarminiham qilolmaganmiz. Olimpiadagaham osonlikcha chiagan.
   
09 avg 23:32:52
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Nima bo'lgandayam Riodagi sportchilar ularga bildirilgan ishonchni oqlashi kerak.
   
09 avg 23:30:29
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Mana bizda jamoaviy bahslarda hech qaysi terma jamoamiz yo'q. Eng ko'p medal Yengil atletika, suzishdan umid yo'q. Dzyudo, Boks, Kurash va Og'ir atletikadan hamyurtlarimiz bizni xursand qilishi kerak.
   
09 avg 23:25:28
Baxtiyor_Nazarov_Tta
Kecha va bugun hech nimaga erishmadik. Buyog'iga nima bo'larkan. Hech bo'masa kuniga bitta medal olish kerak. Bronza bo'lsa ham. Xitoy yoki Aqshga o'xshab medallarni qalashtirib tashlamasdan
   
09 avg 22:53:44
abdullah hurbayev
очигини айтадиган булсам боксчилардан бошка спортчиларимизни катнашуви, давлатимизни уларга берган этиборини олдида нолга тенг. канчадан канча сарфланайотган мабллаглар. Ачиниб кетасан. Уйгоооооон Узбекистонликлаааар.
   
09 avg 22:39:14
Feyajolk
oltinlarni kutaman
   
09 avg 21:38:08
leooxun
Og'ir atletkachimiz nima bo'ldi ?
   
09 avg 20:58:44
Aziz
Rio-2016 Champion foydalanuvchining fikriga javob berish
ertangi sportchilarimizni taqvimini chiqarela .ertalab uxlab qolyapsila
эрталаб чиқади
   
09 avg 20:55:50
Rio-2016 Champion
ertangi sportchilarimizni taqvimini chiqarela .ertalab uxlab qolyapsila
   
09 avg 20:55:25
Rio-2016 Champion
ertangi sportchilarimizni taqvimini chiqarela .ertalab uxlab qolyapsila
   
09 avg 20:28:01
erkin
Baxtiyor_Nazarov_Tta foydalanuvchining fikriga javob berish
Agar menga nisbatan fikr aytayotgan bo'lsangiz, bitta gap aytaman. Mana AQSH va Xitoy sportchilarini qilgan ishlarini ko'ryapmiz. Bizni ulardan qayerimiz kam. Ularga berilgan shuncha imkoniyatni havoga uchirmasin deyman. To'g'ri biz ularni sportda qilgan ishini o'ndan birini ham qilmagandirmiz. Lekin boshqa sohada/sportdan boshqa/ o'zimizni kamtarona hissamizni qo'shib kelyapmiz. Agar shu vatanimiz bergan imkoniyatiga javob berishi kerak. Har holda turizmga borishmagandir. Yutqazsa ham mardonavor harakat qilsin. Olg'a O'zbekiston!
Ютқизганни жазолаш кк бўлса футболчилардан бошлаш керак эди! Нафақат шим. Корея, Эрон... балки Россия терма жамоаси футболчилари ўз юртида қанчалик шарманда қилинди. Бизникилар 6 тўп фарқи билан ютқизса ҳам қаҳрамондек юришаверади.
   
09 avg 20:22:44
erkin
SoLiYeV SoLiJoN RmA FaNaTi foydalanuvchining fikriga javob berish
Hurmatli yuzerlar iltimos yutqazib qôygan sportchilarimizni mazah yoki haqorat qilmang. Chunki biz ularni sport borasidagi ishlarininyarminiham qilolmaganmiz. Olimpiadagaham osonlikcha chiagan.
Ютқизганларни тинч қуйиш, лекин кейинги терма жамоани тузишда буни албатта инобатга олиш керак!
   
09 avg 20:21:04
erkin
Шаҳзодбек курашнинг бошидаёқ соф ғалаба ЙИППОН билан рақибини ютди!Ота-онангга раҳмат ҳақиқий половон!
   
09 avg 20:19:50
erkin
Ўзбекский боксёр ХУРШИД ТОЖИБОЕВ во втором поединке олимпиады в Рио одержал убедительную победу над чемпионом ЕвропЫ Жозефом Кординой (Великобритания). Ота-онангга раҳмат азамат ўғлон!
   
09 avg 20:14:41
SoLiYeV SoLiJoN RmA FaNaTi
men chichib qôydi degan gapizni aytdim aytyabmanu haqorat deb tanqid qiling bemalo kamchiliginibayting mana masalan Rishoddagi kôzida ôt yôqligiday shunga ôxshagan.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing