21 avg 06:05
Yangiliklar
Taekvondo, Tokio-2020
Rio-2016. Dmitriy SHokin Olimpiadada medalsiz qoldi
Rio Olimpiadasining taekvondo musobaqasida +80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dmitriy SHokin medalsiz qoldi.
Hozirgina bronza medali uchun kechgan bahsda hamyurtimiz koreyalik raqibiga qarshi dayanga chiqdi. Jangning asosiy vaqti, yani 3ta raund 3:3 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Oltin ochko uchun kechgan qo'shimcha raundda esa CHa Don Min bitta aniq zarba bilan bahsni o'z foydasiga hal qildi.
Afsuski, Olimpiadada oltin medal kutganimiz Dmitriy SHokin musobaqani medalsiz yakunlaydigan bo'ldi. Nachora, bu sport. Unda g'alaba va mag'lubiyat hamisha yonma-yon yuradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Umuman qiziqmas.
Ruslan Nuritddinov va bokschilarimizni chiqishlarini kerak bo'lsa tonggacha mijja qoqmay kutdim.
Shokinni esa xamma og'zini to'ldirib "OLTIN OLADI" deb baqirganiga birinchi jangini zo'rg'a oxirigacha ko'rdim.
Bektemirni finalidan keyin TV o'chirib qo'ya qoldim.
Qayoqdagi Niger degan davlatni sportchisiga yutqazib oltin uyoqda tursin bronzaniyam ololmabti.
слишком хаммаёда куп мактаворишди, куз тейишиям бор нарсаде, бунчали даражада куп ёзиб, макташ керемасийди, олимпиададиги натижасини кутиш керегийди. Бу хозир йикилди, лекин туриб яна котта натижала курсатишига умид к,иламиза.