16 iyu 16:55
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Rio-2016. Gamba rossiyalik dzyudochilar nechta medal olishini malum qildi
Dzyudo bo'yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ecio Gamba “Match TV” telekanaliga bergan intervyusida shogirdlari nechta medalga davogarlik qilishiga oydinlik kiritib o'tdi.
“Terma jamoamizning har bir azosi yiliga 7-10ta yirik musobaqada ishtirok etadi. Qolaversa, jarohatlardan havotirda edim. Tagir Xaybulaev mashg'ulot chog'ida kichik jarohat orttirib oldi. U bir hafta mobaynida terapiya muolajalarini oladi va shundan keyingina mashg'ulotga qaytadi.
Men Londondagi Olimpiadadan keyinoq keyingi olimpiya o'yinlariga rejalarimizga to'xtalib o'tgandim. O'sha reja o'z kuchida qoladi. Biz Rio Olimpiadasida 7ta medal qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz”, - dedi Gamba.
Eslatib o'tamiz, Braziliyadagi Olimpiada 5-21 avgust kunlari oralig'ida Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar