14 avg 11:15
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020
Rio-2016. Monika Pyuig – tennis bo'yicha Olimpiada chempioni!
Puertorikalik Monika Pyuig Rio Olimpiadasining tennis musbaqasi yakkalik bahslari shov-shuv sababchisiga aylandi.
U hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi germaniyalik Anjelik Kerberni mag'lubiyatga uchratib, Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritdi.
22 yoshli Piyug o'z mamlakatiga dastlabki va katta ehtimol bilan Olimpiadadagi so'nggi medalni taqdim etdi. Birinchi set 6:4 hisobida Monika foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda xuddi shu hisob bilan Kerber zafar quchdi. Hal qiluvchi uchinchi setda Pyuig germaniyalik tennischiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1.
RIO-2016. TENNIS. AYOLLAR. YAKKALIK BAHSLARI. FINAL
Monika Pyuig (Puerto-Riko) – Anjelik Kerber (Germaniya, 2) – 6:4, 4:6, 6:1
Havola :
Fikrlar