29 iyu 13:48
Yangiliklar
Rio-2016. Musobaqalar o'tkaziladigan inshootlar: "Marakana" stadioni
"Marakana" stadioni (Estadio Olímpico do Maracanã)
"Mario Filyu" stadioni ("Marakana" nomi bilan mashhur) Braziliyadagi eng katta futbol stadioni hisoblanadi. O'tmishda esa dunyoning eng katta stadioni sanalgan.
"Marakana"da 2016 yilgi Olimpiada va Paraolimpiada o'yinlarining ochilish hamda yopilish marosimlari, shuningdek, futbol bo'yicha final o'yini o'tkaziladi.
Ochilgan sanasi: 1950 yil, 16 iyun.
Tamirlangan yillari: 1999–2000, 2005–2007, 2010–2013;
Sig'imi: 78 838 tomoshabin (Tamirlanishdan so'ng 200 000 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan stadion sig'imi 78 838 ga tushdi)
Tashrif bo'yicha rekord: 199 854 tomoshabin. (Braziliya - Urugvay (1–2), 16–06–1950);
O'tkaziladigan musobaqalar: Futbol, ochilish va yopilish marosimlari.
Fikrlar