01 iyu 12:15
Yangiliklar
Rio-2016. Musobaqalar o'tkaziladigan inshootlar: "Olimpiya qishlog'i" (Olympic Village)
Olimpiya qishlog'i Barra di Tujukada joylashgan. Inshootning rasmiy ochilishi 2016 yilning 16 iyun kuni bo'lib o'tgan. Olimpiya va Paraolimpiya o'yinlari vaqtida bu erda 28 ming nafardan ortiq sportchilar, volontyorlar va rasmiy shaxslar istiqomat qilishlari mumkin. Ushbu majmua 31 qavatdan iborat. U erda musiqa asboblari, videoo'yinlar, basseynlar, tennis kortlari, shuningdek, kosmetolog va psixologlar xonalari bor.
SHuningdek, bu erda xonalar uchun 80 ming kreslo, 70 ming stol, 29 ming krovat, 6 ming televizor, 10 mingdan ortiq smartfonlar bor.
Rio-2016ning Olimpiya qishlog'i Olimpiada o'yinlari tarixidagi eng kattasi bo'ladi.
Olimpiada-2016 yakunlanganidan so'ng bu er aholi yashash majmualariga aylantirilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar