So’nggi yangiliklar

18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0

16 apr 20:49
Yangiliklar

Boshqalar, Olimpiya o'yinlari, Qiziqarli!

Rio-2016 Olimpiya o'yinlaridagi O'zbekiston delegaciyasi bilan bog'liq unutilmas xotiralar (1-qism)

4 yil avval Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlari o'zbekistonlik muxlislar va sportchilar uchun, mustaqil O'zbekiston tarixidagi eng esda qolarli musobaqa bo'lib qolgan.

XXXI Yozgi Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi 4 ta oltin, 2 ta kumish va 7 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 21-o'rinni egalladi. Zero, bevosita Prezidentimiz SH.M.Mirziyoevning Bosh vazir bo'lgan paytlarida sportga qaratgan etiborlari, Olimpiya o'yinlari uchun alohida dastur ishlab chiqilishi sport federaciya va associaciyalarga homiylar biriktilish tizimi yaratilishi tufayli O'zbekiston 2016 yilga kelib Olimpiadalardagi ishtiroki bo'yicha o'z tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi. Etibor bering, 206 davlat orasida umumjamoa hisobida 21-o'rin! Taqqoslash uchun, mustaqil O'zbekiston ilk marotaba qatnashgan 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasida 58, Riodan avvalgi London Olimpiadasida esa 48-o'rindan joy olgan edi.

Sportchilarimizning qanday natija qayd etganliklari, ularning bahslarini ko'pchiligimiz oynai jahon orqali tomosha qilganmiz, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali hayajon bilan kuzatib borganmiz. Bugun,  karantin paytida Rio-2016 Olimpiya o'yinlaridagi bellashuvlardan tashqari, o'sha payt ro'z bergan qiziqarli xotiralarni sizlar bilan baham ko'rishni lozim topdik. Ushbu voqealar orqali yana bir bor sportchi hayoti og'ir va sinovli, noni qattiq bo'lishiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

OCHILISH MAROSIMI VA ZOHID KENJAEV

Olimpiadaning eng qiziqarli voqeliklaridan biri bu ochilish marosimidir. Ochilish marosimi sharhlovchilar tariflaganidek, o'ziga xos geografiya darsi bo'lib, unda butun dunyo mamlakatlari bilan tanishib chiqish mumkin. Ochilish marosimi butun dunyoga translyaciya qilinadi va katta qiziqish bilan kuzatiladi.




O'zbekiston delegaciyasi rahbariyati ishchi guruh azolari bilan birgalikda, 5 avgust kuni bo'lib o'tadigan Ochilish marosimida ishtirok etadigan sportchilar va delegaciya azolari ro'yxati shakllantirildi. Ro'yxat tuzilishida sportchilarning fiziologik va ruhiy holati, qachon dastlabki bahslarga kirishishi kabi jihatlar inobatga olindi. 6 va 7 avgust kunlari musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilar Ochilish marosimida qaytnashmaydigan bo'lishdi. Sababi delegaciyalarning Ochilish marosimi tomon paradi Olimpiya shaharchasidan boshlanib, 30 km uzoqlikda joylashgan afsonaviy “Marakana” stadionigacha:  avval avtobusda, keyin 5-6 km piyoda yurishni talab etadigan jarayondan iborat edi. Bu shuni anglatardiki, paradga chiquvchi delegaciya azolari kamida 3-4 soat mobaynida tik oyoqda bo'lishadi. Ishtirok etmaydiganlar safida stol tennischimiz Zohid Kenjaev ham bor edi. U murabbiyi Saida Mahmudovaning qarshiligiga qaramasdan, O'zbekiston delegaciyasiga ajratilgan binoning 2-qavatida joylashgan SHTABga keldi va tantanali ochilish marosimida ishtirok etishni talab qildi. U xammaga Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish azaliy orzusi ekanligi, 3-4 soat oyoqda yurish u uchun xech nima emasligi, chunki butun umri davomida tik oyoqda turib stol tennis o'ynaganini ro'kach qilib, paradda ishtirok etadiganlar ro'yxatiga qo'shishlarini talab qildi.

Uzoq tushuntirish va bahs-munozaralardan so'ng, 6 avgust kuni musobaqadagi ishtirokini boshlaydigan Zohid ochilish marosimida qatnashmaydigan bo'ldi. Qura natijalariga ko'ra birinchi bellashuv CHexiyalik Lyubomir Yankarikka qarshi kechadigan bo'ldi. Malumot uchun raqib dunyo reytingida 72-pog'onada, Zohid esa
247 pog'onada edi. Ancha jiddiy raqib!

Birinchi kungi bellashuvlar qatorida stol tennis musobaqalari ham boshlandi.
Zohid 1-setni 8:11 hisobida imkoniyatni boy berdi. 2-setni esa 11:2 hisobida o'z foydasiga hal qildi. 3 va 4-setlarda ham Kenjaevning qo'li baland keldi. 5-set afsuski 8:11 xisobida CHexiyalik sportchi foydasiga. Qizg'in va murosasiz kechgan 6-set 11:9 hisobida Zohid Kenjaevning g'alabasi bilan yakun topdi. 50 daqiqadan (odatda stol tennis bahslari o'rtacha 25-30 daqiqa davom etadi) ortiq davom etgan qiziqarli va jangovor bahsda umumiy hisob 4-2 bo'ldi va musobaqa debyutanti bo'lgan hamyurtimiz sensacion tarzda o'zidan ancha kuchli raqibni mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Keyingi bosqichda yanada kuchli raqib – dunyo reytingida 48-o'rinda borayotgan Buyuk britaniyalik Liam Pitchfordga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Umuman, stol tennisi bo'yicha o'zbekistonlik Zohid Kenjaevning Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishi sensaciya sifatida baholangan va u birinchi bahsdanoq imkoniyatni boy berishi taxmin qilingandi.  Z.Kenjaev stol tennisi bo'yicha erkaklar o'rtasida O'zbekistonning Olimpiya o'yinlaridagi birinchi ishtirokchisi sifatida tarixga kirdi. Bungacha ayollar bahsida Manzura Inoyatova 2004 yil Afinada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sharafini himoya qilgan edi.

Xozirgi kunda Zohid Kenjaev ITTF reytingida 125-o'rinda bormoqda va Tokio Olimpiya o'yinlari licenziyasi uchun kurashmoqda. Balki o'sha
Rio Olimpiadasidagi o'zidan ancha kuchli raqib ustidan qozonilgan birinchi g'alaba bo'lmaganda hozirda biz Zohid Kenjaevni bugungi pog'onada ko'rmasdik, yoki umuman sportchilik faoliyatini davom ettirayotganiga guvoh bo'la olmasmidik…

VENI, VIDI, VICI

Yuqoridagi lotincha so'zlar Yuliy Cezarga tegishli bo'lib, buni qarangki, bu  jumla bir necha yillar oldin avgust oyida aytilgan ekan. “Keldim, ko'rdim va g'alaba qozondim” jumlasi 15 avgust kuni  Rio-2016 Olimpiadasida Ruslan Nurudinov tomonidan yana bir bor eslandi. O'zbekiston delegaciyasining katta qismi 1 avgustda charter reys orqali O'zbekistondan Rio-de-Janeyroga etib borgandi. Ruslan  Rioga 10 avgust kuni keldi. Aeroportdan to'g'ri Olimpiya shaharchasiga joylashib, musobaqa boshlangunga qadar 5 kun deyarli xech kimga ko'ringani yo'q. Hattoki, umumiy ovqatlanish joyi oshxonada ham uni ko'rganimiz yo'q. Faqatgina  bir marotaba kapyushon kiygan holda mashg'ulot zalidagi saunadan kelayotganini ko'rdim. Yurishi va yonida SHahrullo Mahmudov yurganidan angladimki bu – Ruslan Nurudinov.

15 avgust kuni Og'ir atletika bo'yicha -105 kg vazndagi sportchilar o'rtasidagi musobaqa boshlandi. Hamyurtimiz siltab ko'tarishda 194 kg. ni,  dast ko'tarishda 237 kg. Toshni o'ziga bo'ysundirib, Olimpiya rekordini o'rnatdi. Umumiy hisobda 431 kg natija bilan OLTIN medalni qo'lga kiritdi.

Yuqoridagi yutuqda sportchi, trener va og'ir atletika federaciyasi rahbariyatining to'g'ri strategiyani ishlab chiqqanligi, sportchining bahsga to'g'ri tayyorgarlik ko'rganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin.  Bahslardan oldin, ortiqcha muloqot, Braziliyaning diqqatga sazovar joylariga sayoxat, Olimpiya shaharchasida raqiblar bilan ko'rishish kabi holatlar sportchining diqqati bo'linishiga olib kelishi mumkin edi.

Milliy olimpiya qo'mitasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin ERGASHEV



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing