So’nggi yangiliklar

13:18Марказий жангида Дмитрий Бивол иштирок этадиган RCC бокс кечасининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 12:45Ўзбекистон волейбол бўйича Осиёдаги энг кучли бешта жамоа қаторига киритилади. Бу ҳақда ҳукумат қарори эълон қилинди 0 12:23Жавоҳир Синдаров жамоаси Женевага ўзбек ошпазларини олиб борди 0 11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0

24 iyu 12:57
Yangiliklar

Tokio-2020

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya qishlog'iga mer tayinlandi

Teglar :  OlimpiadaBraziliya
Kecha “Rio-2016” tashkiliy qo'mitasi o'nlab jurnalistlar ishtirokida o'tkazilgan tadbirda basketbol bo'yicha Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan 47 yoshli Janet dus Santus Arkauinni Olimpiya qishlog'i meri etib tayinladi.

Xalqaro olimpiya kuni munosabati bilan uyushtirilgan mazkur tadbir bevosita Olimpiya qishlog'ida tashkil etilgan. Tadbirda ishtirok etgan OAV xodimlari Olimpiya qishlog'iga tashrif buyurgan dastlabki mehmonlardan bo'ldilar. Bunga qadar Olimpiya qishlog'iga kirish uchun tashkilotchilar va qurilish vakillarigagina ruxsat berilgan.

Rio-de-Janeyro shahrining g'arbiy qismida joylashgan Olimpiya qishlog'iga sportchilarni 24 iyuldan joylashishi kutilmoqda. Janet dus Santus Arkauin Olimpiya qishlog'ining meri sifatida o'yinlar ishtirokchilari hamda faxriy mehmonlarni kutib oladi. 


“Biror bir muammo tug'ilganda delegaciya azolari masul xodimlarga murojaat qilishlari mumkin bo'ladi. Agarda masullar bilan muammo o'z echimini topmasa, u holda men ishga kirishaman. Bir so'z bilan aytganda, Olimpiada ishtirokchilari hamda mahalliy va xorijiy xukumat vakillariga yaqindan ko'mak berish mening asosiy vazifamga kiradi. Men barchasi yaxshi o'tishi va hammaga manzur bo'lishi uchun astoydil harakat qilaman”, - dedi sobiq basketbolchi.

Janet dus Santus Arkauin, shuningdek, Olimpiya qishlog'i rahbariyati mehmonlarning osoyishtaligi hamda havfsizligi, jumladan, Zika virusining xavfsizligi yo'lida talab etiladigan barcha say-harakatlarni ishga solishini takidladi.

SHavkat Jalilov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing