16 iyu 13:05
Yangiliklar
Rio Olimpiadasi boshlanishiga 50 kun qoldi!
Ayni paytda ushbu o'yinlardagi umumiy yo'llanmalarimiz soni 96 tani tashkil etadi.
68 nafar sportchimiz katta musobaqada ishtirok etishsa, 28 nafari paraolimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Hali oldingda engil atletika va suzishdan licenzion o'yinlar bor. Ushbu turnirlarda ham sportchilarimiz Rio o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritishlariga ishonamiz.
Takidlab o'tish lozimki, ayni paytda so'nggi ikkita olimpiadadagi natijalar yaxshilandi. London-2012da 53, Pekin-2008da 58 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilgan edi.
Bu borada terma jamoamiz eng yaxshi natijani 1996 va 2000 yillarda qayd etgan. 1996 yilda 76 nafar sportchimiz musobaqalarda ishtirok etgan. SHuningdek, Sidney-2000 olimpiadasida ham 76 nafar sportchimiz O'zbekiston sharafini himoya qilgan. Agar Rioga yana ikkita yo'llanmani qo'lga kiritsak, bu natija ikkinchi o'ringa ko'tariladi. Afina-2004da sportchilarimiz soni 69 nafar bo'lgan.
Fikrlar