So’nggi yangiliklar

09:45Ўсмирлар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари 0 08:35Англия Лига Кубоги. "Манчестер Сити" "Норвич Сити"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди 0 07:37Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 3-тур жуфтликлари маълум 0 20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0

10 noy 09:49
Yangiliklar

Kurash, Dzyudo

Rishod Sobirov yangi lavozimga tayinlandi

Joriy yilning 4 sentyabrida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari mahoratli sportchilarni tayyorlash, iqtidorli yoshlarni topish uchun kuchli selekciya tizimini yaratish borasida aniq ko'rsatmalar bergan edi.

O'tgan davr mobaynida mamlakatimizdagi jismoniy tarbiya va sport tizimidagi tashkilotlarda, sport federaciyalarda bu borada zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston kurash federaciyasi  ijroqo'm azolari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda ham bu boradagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Haqiqatan, O'zbekiston kurash federaciyasi yurtimizda milliy sportimizning rivoji bilangina shug'ullanmay, chet ellarda O'zbek kurashining ommaviylashishida muhim vazifalarni bajarib kelmoqda. SHu manoda,  iqtidorli sportchilarni saralash, trener va mutaxassislarning ishga ilmiy va innovacion yondoshuvini to'la shakllantirish, trener, hakam, sportchi va mutaxassislar faoliyati monitoringini to'laqonli olib borilishiga erishish, joylarda selekciya ishlarini zamon talabi asosida tashkil etish federaciyaning eng asosiy vazifasi bo'lib qolmoqda. 

Bugungi kunda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan xalqaro globallashuv sharoitida milliy  qadriyatlarimizni nafaqat yurtimizda, balki jahon maydonida yanada ommalashtirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyatiga mos holda O'zbekiston kurash federaciyasi xodimlarining bilim va ko'nikmalarini rivojlantirib borish davr talabi hisoblanadi.

SHu manoda, zamonaviy sportda sohaga yosh, tajribali sportchi-mutaxassislarni jalb etmay turib, tizimga ilmiy yondashuvsiz malum yutuqlarga erishish dargumon. Ijroqo'm yig'ilishida bildirilgan fikrlar, takliflar natijasida federaciya tizimida bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi.

Unga ko'ra, kurash bo'yicha O'zbekiston chempioni, dzyudo bo'yicha uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni Rishod Sobirov federaciya raisining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari etib tayinlandi. Xuddi shuningdek, tajribali mutaxassis, qator xorijiy mamlakatlarda O'zbek sporti kurash targ'iboti bilan shug'ullangan, Tailand, Qatar, Vetnam, Indoneziya va Turkmaniston davlatlarida o'tgan Osiyo o'yinlarida kurash musobaqalarining tashkiliy ishlarida bevosita ishtirok etgan, o'nlab jahon chempionlarining ustozi, xalqaro toifadagi hakam Olim Hayitov federaciyaning Ilmiy kengashiga rais etib saylandi.

SHu o'rinda aytish joizki, so'nggi paytlarda nafaqat kurashda, balki boshqa sport turlarida ham sport amaliyoti va ilmiy yondashuv bir biridan ancha ayro bo'lib kelgandi. O'zbekiston kurash federaciyasida Ilmiy kengashning joriy etilishi, Rishod Sobirovdek dunyo sportida o'z o'rniga ega bo'lgan dongdor sportchining milliy sportimizda munosib o'rin egallashi ishonamizki, kurashning yanada yuksalishiga, soha mutaxassislarining har tomonlama salohiyatli bo'lishida va eng muhimi, kurashning xalqaro maydonda yanada ommalashishiga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing