03 jan 09:53
Yangiliklar
Boks/MMA
RIZIN chempioni Ilhom Nazimov: "Bu zarbamni oldindan tayyorlagandim"
31 dekabr kuni Yaponiyaning Saitama shahrida Rizin promoushenining Yangi yilgi turniri o'tkazildi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Ilhom Nazimov RIZIN Ligasining engil vazn toifasidagi chempioni, braziliyalik Roberto Satoshi de Souzaga qarshi bahs olib borib, birinchi raundning 13-soniyasidayoq nokaut orqali zafar quchdi va chempionlik kamariga ega chiqdi.
"Men bu tizza zarbasini oldindan tayyorlagandim, chunki uning tik turgan holda jang qilishini bilardim. Murabbiyim bilan men uni 10 kun davomida shunchalik yaxshi o'rgandikki, har bir harakatini va bu harakatlarining oqibatlarini oldindan bilardim!", dedi Nazimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar