23 apr 06:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Robert Uittaker jangi bekor bo'lganidan so'ng ilk bor fikr bildirdi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker Marvin Vettoriga qarshi bekor bo'lgan jangi haqida gapirdi.
"Afsuski, jangga tayyorgarlikning asosiy bosqichiga kirganimdan so'ng jarohat oldim. Buning uchun barchadan uzr so'rayman. Jang bekor bo'lmasligi uchun qo'limdan kelgan barchasini qildim, biroq tiklanish uchun vaqtim etmaydigan bo'ldi.
Men kuz fasliga kelib qaytsam kerak. Har qanday holatda ham men har doimgidanda kuchliroq bo'lib qaytaman", - dedi Uittaker.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar