16 iyu 16:55
Yangiliklar
Tennis
Rojer Federer: "Turga kelgan vaqtim Samprasning rekordi abadiy qoladi deb o'ylagandik"
SHveycariyalik afsonaviy tennischi Rojer Federer Novak Jokovichning "Katta Dubulg'a" dagi 23-g'alabasi haqida gapirdi.
"Novak Jokovichning bu yutug'i shunchaki aqlga sig'maydi. Ishonchim komilki, bu tennis uchun faqat foyda keltiradi, chunki endi biz - Serena Uilyams, Rafael Nadal, men va endi Novak bilan o'z tariximizni yozishimiz mumkin.
Men Turga kelgan vaqtim Pit Sampras 14 ta "Katta Dubulg'a" sohibi edi. Biz bu rekord abadiy qoladi deb o'ylagandik. Keyin men 15 va 17-g'alabani qo'lga kiritdim. Biz Rafa bilan bir-birimizni 20-unvonga olib keldik. U bilan qaysi birimiz birinchi bo'lganimizni eslay olmayman. Keyin Rafa 22-sovrinini qo'lga kiritdi, endi esa Novak bu raqamni 23 taga etkazdi. U to'xtamaydiganga o'xshaydi. Unga omad tilayman",-deya Federerning so'zlarini keltiradi iNews.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar