06 iyu 15:32
Yangiliklar
Tennis
"Rolan Garros". Aleksandr Zverev 1/4 finalda
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Dunyoning 27-raketkasi bo'lib turgan olmon tennischisi 1/8 finalda ATP reytingida o'zidan ikki pog'ona quyida borayotgan bolgariyalik Grigor Dimitrovni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/4, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvida Zverev 4:1 hisobida oldinda bormoqda. Ikki soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda Zverev 4 ta eys, 7 ta breykka erishib, 7 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar