10 iyu 00:29
Yangiliklar
"Rolan Garros". Kasper Ruud hamda Aleksandr Zverev o'rtasidagi yarim final bahsi ham yakuniga etdi
Avvalroq, turnirning erkaklar o'rtasidagi ilk yarim final bahsida serbiyalik Novak Jokovich (3) ispaniyalik Karlos Alkarasni (1) musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Biroz avval turnirda ikkinchi yarim finalchi nomi ham malum bo'ldi. Norvegiyalik Kasper Ruud (4) hamda Germaniya vakili Aleksandr Zverev (27) bahsi ikki soat-u o'n bir daqiqa davom etdi va unda Ruud 3:0 (6/3, 6/4, 6/0) hisoblarida g'alaba qozongan holda finalga yo'l oldi.
Uchrashuv davomida Ruud 5 marotaba, Zverev esa uch marotaba eys yo'llashga erishdi. Qo'shxatolar esa Aleksandrda ko'proq bo'ldi: 2-1.
Bu tennischilar o'rtasidagi o'zaro to'rtinchi o'yin bo'ldi. Ushbu uchrashuvlarning ikkitasida Zverev g'alaba qozongan bo'lsa, qolgan ikkisida Ruudning qo'li baland kelgan.
Endilikda Fraciya Ochiq chempionatining final bahsida Kasper Ruud Novak Jokovichga qarshi kortga chiqadi. Mazkur o'yin ertaga (11 iyun) bo'lib o'tadi.
Fikrlar