14 iyu 14:20
Yangiliklar
Ronda Rouzi qaysi jang uchun oktagonga qaytishini aytdi
"Bu haqda juda ko'p gapirganman. Jina Karano — aynan u bilan jang uchun oktagonga qaytishga tayyorman. Aynan u mening MMA aralash yakkakurash olamiga kirib kelishimga sababchi bo'lgan. Buning uchun undan minnatdorman. Mabodo u "Ronda, kel jang qilamiz" desa, men darhol rozilik beraman. Agar Jina eshik ortidagi bog'da jang qilamiz deb taklif bersa ham, bunga rozi bo'laman. Bu unga hurmatim belgisi. Karano bilan istalgan vaqt va makonda jang qilishga tayyorman", — deya Rouzining so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Malumot uchun, 34 yoshli Ronda Rouzi MMAdagi faoliyati davomida 12 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. O'zining so'nggi jangini u 2016 yilning dekabrida o'tkazgandi. O'shanda Ronda jangning 48-soniyasidayoq Amanda Nunes tomonidan texnik nokautga uchratilgan edi. 2018 yilda Rouzi restling ringida debyut qildi va WWE, RAW chempioni bo'ldi. Lekin 2019 yilda Rebekka Kuinga imkoniyat bilan birga kamarni ham boy bergan edi.
Fikrlar