28 sen 08:58
Yangiliklar
Rossiya erkin kurashchilarining jahon chempionatiga boradigan tarkibi malum
Favoritlar qatorida zikr etiluvchi Rossiya erkin kurash terma jamoasi bosh murabbiyi Dzambolat Tedeev Osloga boruvchi tarkibni elon qildi. Tarkibda Tokio Olimpiadasi chempioni Abdulrashid Sadulaev ham bor. Aksariyat tarkiblarda saralash bellashuvlari o'tkazildi. Bahslarni Olimpiada toifasidagi hakamlar boshqardi.
2-10 oktyabr, Oslo, Norvegiya.
Jahon chempionati-2021. Erkin kurash. Rossiya tarkibi
57 kg. Abubakar Mutaliev
61 kg. Abasgadji Magomedov — Evropa chempioni, jahon Kubogi sohibi
65 kg. Zagir SHaxiev — Evropa chempioni
70 kg. Evgeniy Jerbaev
74 kg. Timur Bijoev — Evropa chempionati sovrindori
79 kg. Radik Valiev
86 kg. Artur Nayfonov — Tokio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempionati sovrindori, uch karra Evropa chempioni
92 kg. Magomed Kurbanov — Evropa chempioni
97 kg. Abdulrashid Sadulaev — ikki karra Olimpiada, to'rt karra jahon, besh karra Evropa chempioni
125 kg. Zelimxan Xizriev
Fikrlar