25 sen 14:48
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Rossiya konkida yuguruvchilar ittifoqi rossiyalik mashhur va tajribali sportchining O'zbekiston terma jamoasi safiga o'tishini muhokama qiladi
May oyida Olamsport.com konkida yugurish bo'yicha ko'pkarra Rossiya chempioni Danila Semerikovning O'zbekiston fuqaroligini olayotgani haqida xabar bergan edi.
Rossiya konkida uchuvchilar ittifoqi Ijroiya qo'mitasi 1 oktyabr kuni sportchining O'zbekiston terma jamoasiga o'tishi masalasini muhokama qiladi.
Tashkilot prezidenti Nikolay Gulyaev bu haqda shunday dedi:
"Ijroiya qo'mitasi 1 oktyabr kuni yig'iladi. Semerikov masalasi bo'yicha murojaat bor, biz uni ko'rib chiqamiz".
Malumot uchun, 29 yoshli Danila Semerikov jahon chempionati sovrindori, ko'p karra Rossiya chempioni hisoblanadi. U xalqaro musobaqalarda yutuqlarni qo'lga kiritish maqsadida O'zbekiston fuqaroligini qabul qilmoqchi.
Iyun oyi oxirida Semerikov allaqachon O'zbekiston pasportini olgani malum bo'lgan edi.
Havola :
Manba : news_matchtv
Fikrlar