01 fev 09:31
Yangiliklar
![](/upload/storage/202458_220.jpg)
Rossiya ligasi Frensis Ngannuga fantastik taklif bilan chiqdi
Tashkilot o'z chempioni Timur Slashinin bilan jang uchun Ngannuga 2 million dollar to'lashga tayyor.
"Qadrli, Frensis, senga UFC yaxshi etibor qaratmayotgani va janglaring uchun arzimagan choychaqa to'layotganidan xabardorman. Fikrimcha, sening boks ringidagi imkoniyatlaring MMAdan ko'ra yaxshiroq. Bizda senga moliyaviy tomondan ancha yaxshiroq taklif bor. Ligamiz chempioni bilan boks qoidalari asosida jang qil. Senga 2 million dollarlik gonorar kafolatlaymiz. Javobingni kutamiz, bro!", - deya o'zining Instagram sahifasida murojaat qoldirgan Rossiya ligasi prezidenti.
Eslatib o'tamiz, Frensis Ngannu 22 yanvar kuni og'ir vaznda vaqtinchalik UFC kamari sohibi Siril Ganni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarlarini birlashtirgan "Dahshat"ning o'sha jang uchun gonorari 600 ming dollarni tashkil etgandi.
Fikrlar