06 dek 16:32
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Rossiya London Olimpiadasida qo'lga kiritgan 15 ta medaldan mahrum bo'ldi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) topshirig'i bilan Xalqaro doping-test agentligi (ITA) 2012 yilda Londonda (Buyuk Britaniya) bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida sportchilardan olingan doping namunalarini qayta tahlil qilishni yakunladi.
2018 yilda boshlangan qayta tahlillar natijasida 73 ta antidoping qoidalari buzilishi aniqlangan, 46 ta medal (sakkizta oltin, 16 kumush va 22 bronza) qayta taqsimlangan, 31 ta mukofot olib qo'yilgan.
Xabarga ko'ra, eng ko'p qoidabuzarlik rossiyalik sportchilar orasida aniqlangan – 21 ta, bu esa 15 ta medalning bekor qilinishiga sabab bo'lgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda Belarus (11), uchinchi o'rinda Ukraina (7) joylashgan.
Agentlik tomonidan jami 2727 ta namuna tahlil qilindi. Og'ir atletika bo'yicha 22 ta, engil atletika bo'yicha 18 ta, kurash bo'yicha to'rtta, eshkak eshish va kanoeda eshkak eshishda ikkita medal qayta taqsimlandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar