05 jan 18:32
Yangiliklar
Rossiya va Belarus tennischilarining Australian Open'da ishtiroki bo'yicha qaror qabul qilindi
«Rossiya va Belarus tennischilari 2023 yilgi Australian Open o'yinlarida individual asosda ishtirok etishlari mumkin», — deyiladi federaciya bayonotida.
9 dekabr kuni Australian Open matbuot xizmati turnir uchun arizalar ro'yxatini elon qildi. Ishtirokchilarning asosiy ro'yxatiga rossiyaliklardan Daniil Medvedev, Andrey Rublyov, Karen Xachanov, Aslan Karacev, Roman Safiullin, shuningdek, Darya Kasatkina, Veronika Kudermetova, Ekaterina Aleksandrova, Lyudmila Samsonova, Anastasiya Pavlyuchenkova, Anastasiya Potapova, Anna Kalinskaya, Evgeniya Rodina, Anna Blinkova, Kamilla Raximova, Varvara Grachyova kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilda «Uimbldon» tashkilotchilari Rossiya va Belarus tennischilarini turnirga qo'ymadi, buning uchun ATP tashkilotchilarni 1 million dollar jarimaga tortdi.
Malumot uchun, Australian Open - 2023 16-29 yanvar kunlari bo'lib o'tadi. Erkaklar o'rtasida turnirning amaldagi chempioni ispaniyalik Rafael Nadal bo'lib, u 2022 yilgi finalda Daniil Medvedevni mag'lub etgandi.
Fikrlar