So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

17 apr 17:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Rossiyalik chempion qaytmoqda. Maxachev kamarni Nurmagomedov qurbonidan himoya qiladi

UFC 300 musobaqasi tugashi bilanoq promoushen rahbari Dana Uayt yana bir nechta kuchli janglarni elon qildi.

2024 yil boshidan, Ramazondan avval jang o'tkazishni so'ragan Islam Maxachev nihoyat Dastin Pore bilan to'qnash keladigan bo'ldi. To'g'risini aytganda, Pore Benua Sen-Denini nokautga uchratib, mag'lub etgach, chempionlik kamari uchun bahs olib borishi haqida mish-mishlar tarqala boshlagandi. Bundan tashqari, amerikalik jangchi to'qnashuv elon qilinishidan bir hafta oldin chempionlik jangiga hozirlik ko'rayotganini malum qilgandi. “Keyingi nishon Islam Maxachev. Yuqoriga chiqish vaqti keldi”, degandi Dastin.

Nomzodning tanlovi aniq emas. Ha, Pore katta nom va Maxachevning mashhurligini ko'tara oladigan darajadagi yulduz. U unvonga loyiqmi? So'nggi jangida amerikalik divizionning 12-raqamli jangchisi bilan bellashgani uning imkoniyatlarini to'laqonli baholash uchun etarli emas. Biroq, Dastin foydasiga ishlovchi muhim omil mavjud. U mart oyining boshida jang qildi va keyin iyun oyida chempionlik jangini qabul qilishga tayyor ekanligini oshkor qildi. “Olmos” Sen-Denis bilan dueldan keyin jiddiy jarohatlarsiz chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. SHu bilan birga, CHarlz Oliveyra, Arman Carukyan va Jastin Getji timsolidagi boshqa davogarlar UFC 300 turnirida ishtirok etib bo'lishdi va yoz boshida bo'lib o'tuvchi UFC 302'ga qadar tiklanishi qiyin masala hisoblanadi. SHu tufayli Dastin ushbu maqomga musharraf bo'ldi. 

Rossiyalikning murabbiyi Xaver Mendez ham Maxachev qolgan raqiblarni kutishidan ko'ra, Pore bilan kurashish eng maqbul variant ekanligini takidladi. “Islam o'zini himoya qilishga tayyor bo'lgan paytda jang qilishni istaydigan haqiqiy professional. U faqatgina Ramazon oyi va undan qisqa vaqtdan keyin jang qilmaydi, xolos. Agar Dastin keyingi raqib bo'lsa, bu ajoyib, mabodo Getji bo'lib qolganida ham bu yomon bo'lmasdi. Getji va Oliveyraning jang natijalari qanday bo'lishini bilmaymiz. Ehtimol, kimdir jarohat olar. SHunda Maxachev qachongacha kutishi kerak. Demak, men Pore variantini yoqlayman. Uning hech qanday jarohati yo'q, u o'z uslubiga ega jangchilardan sanaladi”, degandi Mendez yubiley turnirdan avval. Qolaversa, bu rossiyalik uchun juda qulay vaqt oralig'idir. Agar iyun oyida bahs bo'lib o'tsa, u yil oxirigacha tiklanishi va yana musobaqalarda qatnashishi uchun etarlicha vaqt bo'ladi.

35 yoshli amerikalik uchun, bu katta ehtimol bilan chempionlikni qo'lga kiritish uchun so'nggi imkoniyat. «Olmos» vaqtinchalik unvonni olgan va munosib ravishda UFC shon-shuhrat zalining yulduzi va bo'lajak azosi hisoblanadi, ammo Luizina shtatida tug'ilgan sportchi hali asosiy sovrinni qo'lga kirita olganicha yo'q. Uni ilk bor Xabib Nurmagomedov mag'lub etgandi. O'sha jangnii ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. Keyinroq Dastin Oliveyraga yutqazib qo'ydi. Har ikki engil ham bo'g'ish uslubi orqali sodir bo'ldi. Maxachev hamda Dastin asta-sekin jangga qiziqishni kuchaytira boshladi. Ular ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali «dahanaki janglar»ni to'xtatishgani yo'q. Islam Dastin chempionlik jangiga loyiq emasligini takidladi: «Ha, Pore kamar uchun kurashiishga noloyiq, lekin bizda boshqa imkoniyat yo'q, hamma band. Men bo'lsa oktagonga kirishni istayman. Dastinga qarshi bahsdan so'ng yil oxiriga qadar yana bitta jang bo'ladi. U oxirgi to'qnashuvida ajoyib nokaut evaziga g'olib bo'ldi. U sog'lom va tayyor, shuning uchun men amerikalikka qarshi bahs olib bormoqchiman. Dastin yaxshi raqib».

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing