16 jan 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik jangchi UFC`dagi debyutini nokautli g'alaba bilan nishonladi + FOTO
Xabar berganimizdek, bugun tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC Apex arenada navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan qiziqarli janglarning birida rossiyalik Vyacheslav Borshyov dunyoning eng kuchli ligasidagi debyutini nishonladi.
Borshyov AQSH vakili Dakot Bushga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uch raundlik jang muddatidan avval yakunlandi. Rossiyalik jangchi raqibini birinchi raundning o'zida nokautga uchratdi va UFC promoushenidagi yurishini g'alaba bilan boshladi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar