08 apr 20:00
Yangiliklar
Sport kurashlari
Rossiyalik kurashchilar Parij-2024 Olimpiadasiga 8 ta licenziya qo'lga kiritishdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun Evropa kvalifikacion turniri bo'lib o'tdi.
Neytral maqomda qatnashgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha Rossiya terma jamoalari jami 8 ta licenziyani qo'lga kiritishdi. Klassiklardan Milad Alirzaev, Sergey Semyonov, ayollar kurashida Nadejda Sokolova, Natalya Malisheva, Alina Kasabieva, Xanum Velieva, erkin kurashchilardan Alixan Jabrailov va Artur Nayfonov Olimpiya o'yinlarining licenziyasiga ega chiqishdi.
Takidlash joiz, Jabrailov ushbu turnir oldidan Abdulrashid Sadulaevning o'rnini egallagandi. Alixanning aytishicha, Sadulaev musobaqa oldidan unga omad tilagan. Afsonaviy Sadulaevga Xalqaro olimpiya qo'mitasi licenzion turnirda qatnashishni taqiqlab qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar