27 iyu 17:49
Yangiliklar
Velosport
Rostovcev va Cvetkov Italiyadagi turnirda shohsupaga ko'tarildi + FOTO
Italiyada o'tayotgan velotrek bo'yicha "Gran Premi Internazionali di Fiorenzuola" musobaqasida terma jamoamiz azolari navbatdagi medallarga ega chiqishdi.
Jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda BARDIANI-CSF 7SABER klubi azosi Sergey Rostovcev ochko yig'ish (point race) dasturida kumush medalni qo'lga kiritdi.
75 aylanadan iborat 30 km masofada o'tgan murosasiz bellashuvda Sergey 41 ochko jamg'argan holda eng yaqin taqibchisidan 1 ochkoga o'zib keta oldi.
Juftlik poygasi hisoblangan medison dasturida esa Sergey Rostovcev hamda Nikita Cvetkov birgalikda yana bir bronza medalni terma jamoamiz hisobiga yozib qo'yishdi. Yigitlar yakunda 25 ochko to'plab, 18 ta eng kuchli juftliklar orasida uchinchi bo'lishdi.







Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar