13 sen 17:32
Yangiliklar

Roy Jons: Ramires haqiqiy muammo. Bivol ehtiyot bo'lishi kerak
«Ramires - haqiqiy muammo. Bu yigit jang qila oladi. U past baholangan, nomalum va bu uning o'zi uchun nom qozonish imkoniyatidir. Gilberto mag'lubiyatsiz va super o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni. Bir qarashda, bu yigitda hech qanday g'ayrioddiy narsa yo'qdek, lekin hali hech kim uni mag'lub eta olmadi. U hali echilmagan jumboq. Ramires Kanelodan butunlay farq qiladi. Bu yigit super o'rta vazndan yuqoriga ko'tarildi. Bo'yi uzunligi ham Bivoldek, bu ham muammo bo'lishi mumkin.
Bu Bivol uchun juda yaxshi bahs. Dmitriy Kaneloni mag'lub etgan bo'lsa ham Ramiresdan ehtiyot bo'lishi shart. Endi u bir oz ko'zga tashlanmagan yigit bilan jang qilmoqda, lekin raqib xavfli, garchi Bivol har doim o'zini professional sifatida ko'rsatgan bo'lsada», - dedi Jons.
Fikrlar