05 mar 11:02
Yangiliklar
"Rus derbisi"da Medvedev ishonchli tarzda g'alaba qozondi
Bosh sovrin uchun bahsda ikki rossiyalik tennischi Daniil Medvedev (jahonning ettinchi raketkasi) va Andrey Rublyov (jahonning oltinchi raketkasi) kurash olib bordi.
Bir soatu 9 daqiqa davom etgan uchrashuvda Daniil Medvedev 6/2, 6/2 hisobida zafar quchdi va turnirning bosh sovriniga ega chiqdi. O'yin davomida Medvedev 9 ta eys zarbasini amalga oshirib, to'pni o'yinga kiritishda bir marta xatoga yo'l qo'ydi va va ettita breyk-poyntning to'rttasidan unumli foydalandi. Andrey Rublyov esa uchta eys, bitta qo'shxato qayd etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida Medvedev 6:2 hisobida oldinda bormoqda.
Medvedev turnirda g'olib chiqqani uchun 500 reyting ochkosidan tashqari mukofot puli sifatida 533 990 dollar oladi. Ikkinchi o'rin uchun esa Rublyov 300 ochko va 287 320 dollarga ega bo'ladi.
Fikrlar