19 apr 13:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruslan Abdullaev ertangi jangi oldidan vazn o'lchash marosimida qatnashdi va raqibi bilan yuzma-yuz keldi (VIDEO)
Ertaga tongda AQSHning Kaliforniya shtati, Oushensayd shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Turnir doirasida super engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullaev ham ringga ko'tariladi.
22 yoshli hamyurtimizga filippinlik Jino Rodrigo raqib bo'ladi. Bugun tongda musobaqa ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Bokschilar nfl,bhda belgilangan vazn meyorini bajarishdi va shundan keyin face to face doirasida yuzma-yuz kelishdi.
Malumot uchun, Ruslan Abdullaev mart oyida professional boksda debyut jangini o'tkazgan va nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Rodrigo esa shu kungacha prof boksda 19 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'alabaga erishgan. Yana 4 ta jangda mag'lub bo'lgan, 2 to'qnashuvda esa durang qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar