20 apr 06:13
Yangiliklar

Ruslan Abdullaev prof boksdagi ikkinchi jangidayoq kamarga ega chiqdi
Mazkur jang oqshomi doirasida hamyurtimiz Ruslan Abdullaev ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda bokschimizga filippinlik Jino Rodrigo raqib bo'ldi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Jangning asosiy qismida Ruslan Abdullaev tashabbusga erishdi. 5-raundda Ruslan raqibini nokdaun holatiga ham solib qo'ydi.
Hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra, bokschimiz 80-71, 80-71, 80-71, hisoblarida g'alabaga erishdi.
Bu orqali bokschimiz prof boksdagi ikkinchi jangidayoq WBA Continental kamariga ega chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Abdullaev mart oyida professional boksda debyut jangini o'tkazgan va nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Rodrigo esa shu kungacha prof boksda 19 ta jang o'tkazib, ularning 13 tasida g'alabaga erishgan. 4 ta jangda mag'lub bo'lgan, 2 ta jangda esa durang qayd etgandi.
Fikrlar