21 sen 08:39
Yangiliklar

Ruslan Abdullaev prof boksdagi uchinchi jangini o'tkazdi + FOTO
Oqshom doirasida hamyurtimiz Ruslan Abdullaev o'zining prof boksdagi uchinchi jangini o'tkazdi. CHarm qo'lqop ustamiz amerikalik Kevin Jonsonga qarshi ringga ko'tarildi. Sakkiz raund to'liq davom etgan jangda Abdullaev tajribali raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, 32 yoshli Jonson hozirga qadar 20 ta jang o'tkazgan bo'lib, bugun faoliyatidagi sakkizinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni 12 taligicha qoldi. U faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini 2018 yil iyul oyida hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarovdan qabul qilib olgan edi.
Havaskor boksda jahon chempioni hisoblangan Ruslan Abdullaev esa bugun prof boksda uchinchi jangini o'tkazdi. Mag'lubiyat va murosasiz seriya davom etadi.
Fikrlar