04 apr 07:13
Yangiliklar
Ruslarni qo'llab-quvvatlagan mansabdor ishdan ketdi
Avvalroq bu mutaxassis Xalqaro Olimpiya qo'mitasida Rossiya va belaruslik sportchilarning katta musobaqalarga qaytarilishi kerakligini qo'llab-quvvatlagandi.
Zamonaviy beshkurash bo'yicha 5 karra Olimpiada chempioni hisoblangan Svoboda buning ortidan o'z vatanida jiddiy tanqidlarga uchragandi. Keyinchalik uning "falsafa nuqtai nazaridan siyosat sportga qaram bo'lmasligi kerak" degan gapini Evropadagilarning Ukrainaga nisbatan ishlatgan tushunchasiga "qarama-qarshi" deb aytgandi.
Svoboda o'z gaplari uchun uzr so'rashiga to'g'ri kelgandi.
"Mening professional harbiy va sportchilarning vakili sifatidagi rolim aralashib ketmasligi kerak edi, shu sababli komissiya tarkibidan chiqaman. Rossiyani oqlash niyatim yo'q, ammo mening shu birgina gapim CHexiya armiyasi va mudofaa vazirligiga jiddiy putur etkazishini bilmagandim", - dedi Svoboda "Inside the Games" nashriga.
Fikrlar