06 fev 18:45
Yangiliklar

Rustam Saidovni tabriklaymiz!
Rustam Saidov 1978 yil 6 fevral kuni tavallud topgan. Faoliyati davomida +91 kg vazn toifasida ishtirok etib, eng nufuzli sport musobaqalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. Rustam To'xtasinovich 1999 va 2007 yillar Osiyo chempionatlari, Pusan-2002 va Doxa-2006 Osiyo o'yinlarining oltin medal sohibi hisoblanadi. SHuningdek, 2003 yil Bangkokda o'tgan jahon chempionati va Sidney 2000 Olimpiya o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan. Uning ushbu muvaffaqiyatlari hukumatimiz tomonidan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi va “O'zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. Mahoratli hamyurtimiz hozirda boks bo'yicha Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.
"Olamsport.com" sayti Rustam Saidovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Fikrlar