28 jan 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Rustam To'laganov ertangi jang oldidan tarozidan o'tdi (FOTO)
Ertaga Moskva shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu jang oqshomida Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov ham ringga ko'tariladi. Unda bokschimizga kolumbiyalik Beibi Berrokal (17-7, 16 KO) raqiblik qiladi.
Bugun sportchimiz jang oldidan tarozidan o'tdi. Unga ko'ra To'laganov 79,4 kg vazn ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, jang ertaga Moskva shahrida tashkil etiladi. Ushbu jang oqshomida yana bir necha o'zbekistonlik bokschi jang qilishi kutilmoqda. Ular qatorida O'zbekiston chempioni Lazizbek Mullajonov, shuningdek Bahromjon Fozilov va Mirzakamol Nematov kabi bokschilarni qayd etishimiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar