So’nggi yangiliklar

17:32Жаҳон кубоги. Финал чиптаси учун кечаётган ўзбек дербисининг иккинчи партияси ўтказилди 0 17:11Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга имкониятни бой берди 0 16:50Павел Дуров Хабибнинг машҳур папахалари кимошди савдосига қўйилишини маълум қилди 0 16:29Ўзбекистонлик ёш шахматчи Осиё чемпиони бўлди 0 16:08Пётр Ян реванш мақомидаги чемпионлик жанги учун АҚШга йўл олди + ФОТО 0 15:47"Лига кучайиб қолмади": Ла Лига президенти Саудия Арабистони чемпионатини танқид қилди 0 15:26"Ҳумо" Бишкек клубини 16:1 ҳисобида мағлуб этди 0 15:05Дэн Хукер Арман Царукян жароҳат олганини айтмоқда + ФОТО 0 14:44Жорж Сент-Пьерр: "Чимаевни тўхтатиб бўлмайдиганга ўхшаяпти" 0 14:23"Барселона" ва ПСЖ УEФА томонидан муаммога учради. Нима бўлди? 0 14:01Мария Шарапова Уимблдон чемпионлги билан қайси ғалабасини тенг қўйиши мумкинлигини айтди 0 13:40Крис Вайдмен сафдан чиқди, Андерсон Сильвага янги рақиб берилди 0 13:19Қойил! Усик Энтони Жошуани Жейк Пол билан жангга тайёрлайди 0 12:58"Қизилқум" "Нефтчи"ни ютса, ҳар бир футболчи 40 миллион сўмдан олади 0 12:37Камару Усман Фрэнсис Нганнуни ҳимоя қилди 0

30 jan 08:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Rustam To'laganov: "Nokaut reja qilmagandik"

Teglar :  Rustam To'laganov
Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov Moskva shahrida o'tkazilgan professional boks oqshomida ringga ko'tarildi.

Ushbu jangda To'laganovga kolumbiyalik Beibi Berrokal raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Bahsning asosiy qismida hamyurtimiz ustunlik qildi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Rustam To'laganovning g'alaba qozonganini qayd etishdi. www.olamsport.com sayti muhbiri jangdan keyingi fikrlarini bilish maqsadida, bokschimiz bilan bog'landi:

«To'g'ri, bir yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytish biroz qiyin bo'ldi. Lekin murabbiylarimiz, jamoamiz bilan kelishganimizdek uddaladik. Nokaut reja qilmagandik, jangni to'liq o'tkazishni mo'ljallagan edik. Hamma narsa reja asosida kechdi. Raqibim anchayin tajribali bokschi. O'zingiz ham jangni ko'rdingiz: qancha zarba o'tkazib yuborishiga qaramay oyoqda turishga, 8 raundni yakunlashga harakat qildi. Biroq biz maqsadimizga erishdik. 

Mashg'ulotlarni bir muddat terma jamoa bilan ham olib bordim. Moskvada ham tayyorlandik. Ko'proq tezlik ustida ishlashga etibor berildi. Keyingi rejalarimiz kelayotgan jangga puxta tayyorgarlik ko'rish. Nasib qilsa mart oyida 5-jangim bo'ladi» - dedi To'laganov.

Sarvinoz Raxmonqulova suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing