29 jan 21:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Rustam To'laganovning prof boksdagi to'rtinchi jangi to'liq davom etdi
Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov Moskva shahrida o'tkazilgan professional boks oqshomida ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda To'laganovga kolumbiyalik Beibi Berrokal raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Bahsning asosiy qismida hamyurtimiz ustunlik qildi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Rustam To'laganovning g'alaba qozonganini qayd etishdi.
Eslatib o'tamiz, bu Rustam uchun prof boksdagi to'rtinchi jang edi. Bungacha u uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongandi. Berrokalning bungacha qayd etgan natijasi esa 17-7 ni tashkil etardi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar