So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

23 apr 09:10
Yangiliklar

Gimnastika

Sabina Tashkenbaeva o'zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi

Xabar berib o'tganimizdek, badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva bugun Jahon kubogi bosqichida kumush medal sohibasiga aylandi.

Ushbu kumush medal O'zbekiston uchun gimnastika bo'yicha Jahon kuboklari tarixidagi birinchisi hisoblanadi. Badiiy gimnastikada shunday anana bor. Terma jamoaning birinchi raqamli sportchisi musobaqalarda o'z yurti sharafini himoya qilayotganida unga asta-sekin o'rinbosar tayyorlab boriladi. 

Ulyana Trofimova misolida ko'radigan bo'lsak, navoiylik sportchi o'z vaqtida ko'plab xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan. O'sha vaqtlarda Anastasiya Serdyukova unga o'rinbosar sifatida tayyorlab kelingan edi. Trofimova sportchilik faoliyatini yakunlagach, Serdyukova yuqori natijalarga erishishi uchun malum vaqt talab etildi. 

Anastasiya Osiyo o'yinlari, Islom birdamlik o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Rioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida qatnashishga ham muvaffaq bo'ldi. O'z navbatida O'zbekiston gimnastika federaciyasi Serdyukovaga zaxira sifatida Sabina Tashkenbaevani tayyorlab borardi. 2017 yilgi mavsum yakuniga etgach, Anastasiya Serdyukova professional sportchilik faoliyatini yakunladi. 

SHundan so'ng mana, Sabina Tashkenbaeva katta sahnaga chiqdi. U muxlislarini uzoq kuttirib qo'ygani yo'q va Jahon kubogi bahslarida kumush medal sohibasiga aylandi. 

Etiborlisi, bu O'zbekiston gimnastikasi tarixida Jahon kuboklarida qo'lga kiritilgan birinchi kumush medaldir. Sabinaning bunday natijalari ko'plab xalqaro mutaxassislarning etirofiga sazovor bo'lmoqda. Bunda uning murabbiylari Liliya Vlasova hamda Nasiba Holiqovalarning hissasi katta. 

SHuningdek, O'zbekiston gimnastika federaciyasining ham xizmatlari takidlab o'tish lozim. Sabina Tashkenbaevaning natijasi o'zbek sporti tarixiga kirdi.

Endi u Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'radi. Hozirgi kunda Jakartadagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan uch nafar badiiy gimnastikachimizdan ikkisining nomi aniq bo'lib ulgurgan. Ular Sabina Tashkenbaeva va Nurinisso Usmonovadir. Uchinchi ishtirokchi kim bo'lishi esa ayni paytda gimnastika federaciyasi, mutaxassis va murabbiylar tomonidan aniqlanmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing