29 mar 10:21
Yangiliklar
Sabriel Matiasning chempionlik himoya jangi rasman tasdiqlandi! Raqib engilmas bokschi!
Matias o'z chempionlik kamarini 15 iyun kuni reytingning oltinchi pog'onasidan joy olgan avstraliyalik Liam Paro (24-0, 15 KO)dan himoya qiladi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Paro 24 ta jangining 15 tasini nokaut bilan yakunlagan.
Sabriel ikki hafta avval taniqli promouter Eddi Xirnga tegishli Matchroom kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Endi Matiasning janglari DAZN pulli striming platformasida translyaciya qilinadi.
"O'z vatandoshlarim ko'z o'ngida qiyinchilik bilan qo'lga kiritgan chempionlik kamarimni himoya qilish men uchun katta sharaf. G'alabaga chanqoqlik avvalgi jangimdan ko'p bo'lsa ko'pki, kam emas. Buni hamyurtlarimga ham bildirib qo'ymoqchiman", — dedi o'z janglarining barchasini nokaut bilan yakunlagan Matias.
"Men bu imkoniyatni butun umr kutdim. Sabrsizlik bilan divizion qo'rquviga aylangan raqibimning uyidagi jangni kutyapman", — dedi Paro.
Eslatib o'tamiz, Sabriel Matias so'nggi jangida hamyurtimiz SHohjahon Ergashevni texnik nokautga uchratgan edi. O'sha jangda ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan Ergashev bugun panamalik Xuan Xuertasni birinchi raundidayoq nokautga uchratdi.
Fikrlar