26 okt 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Sadriddin Ahmedovning navbatdagi raqibi va jang sanasi elon qilindi + POSTER
22 noyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Long-Bich shahridagi Thunder Studios majmuasida prof boks oqshomi tashkil etiladi.
Unda qozog'istonlik 27 yoshli professional bokschi Sadriddin Ahmedov ham ringga chiqadi. Sadriddinga o'sha kuni meksikalik Eduardo Velaskes raqib bo'ladi. Jang super yarim o'rta vazn toifasida 10 raunddan iborat bo'ladi.
Sadriddin faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini joriy yilning aprel oyida Meksika vakili Elias Espadaga qarshi o'tkazib, durangga rozi bo'lgandi.
Eduardo Velaskes hisobida esa 18 ta jangda qo'lga kiritilgan 16 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : sportilinet
Fikrlar