16 iyu 15:24
Yangiliklar
Engil atletika

Safina Sadullaeva Polshadagi turnirda g'olib bo'ldi
Polshaning Belostok shahrida engil atletika bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi.
Butunjahon engil atletika federaciyasi taqvimidan o'rin olgan bronza darajadagi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azosi Safina Sadullaeva ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 1.90 metr natija bilan mavsumdagi eng yuqori natijasini ko'rsatdi.
Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Safina Sadullaeva (O'zbekiston) - 1.90 metr
2. Katerina Tabashnik (Ukraina) - 1.87
3. Viktoriya Miaso (Polsha) - 1.84.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar