26 okt 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidyoqub Qahramonov: "Bu men ishlagan eng oson pullar"
Sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov X (Twitter) sahifasiga yangi post joyladi.
"Men ACA'dagi debyutimni birinchi raunddagi finish bilan boshladim. Bu men ishlagan eng oson pullar edi. Dubayni o'g'irladim. Bu mening so'nggi mag'lubiyatimdan keyingi qo'lga kiritgan ketma-ket ettinchi g'alabam bo'ldi", deb yozgan Qahramonov.
Eslatib o'tamiz, Saidyoqub Qahramonov 23 oktyabr kuni Dubayda bo'lib o'tgan ACA 194 turnirida misrlik Omar El Biliga qarshi jang o'tkazib, birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli orqali zafar quchgandi.
Havola :
Manba : x.com/SaidYokubMMA
Fikrlar