23 may 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov ishtirok etadigan Dirty Boxing 2 turnirining to'liq kardi elon qilindi
Xabar berganimizdek, Toshkent vaqti bilan 15 iyun kuni AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida joylashgan The Hangar at Regatta Harbour majmuasida DBX 2 musobaqasi o'tkaziladi.
Unda 29 yoshli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, eng engil vazn toifasida UFC sobiq jangchisi Saidyoqub Qahramonov ham ishtirok etadi. Qahramonovga turnir doirasida amerikalik UFC jangchisi Aleks Kaseres raqiblik qiladi. Bu har ikki sportchining Dirty Boxing'dagi ilk jangi bo'ladi. Ularning bellashuvi musobaqaning co main event'i bo'ladi.
DBX 2 turnirining markaziy jangi surinamlik taniqli UFC jangchisi Jairzino Rozenstrayk hamda Power Slap ishtirokchisi Devon SHvan o'rtasida kechadi.
Tashkilotchilar ushbu turnirning to'liq kardini elon qilishdi:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar