26 okt 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Saidyoqub Qahramonov: "Menga Xasbullani bering..."
Saidyoqub Qahramonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
Eng engil vaznda o'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov Dana Uaytning yangi — Power Slap League'ga asos solganiga munosabat bildirdi.
"Hoy, Dana Uayt men Power Slap'da qatnashmoqchiman, menga Xasbullani bering", - deb yozgan Qahramonov.
Malumot uchun, Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi navbatdagi jangini 17 dekabr kuni rossiyalik Said Nurmagomedovga qarshi o'tkazadi. Hozirgacha UFC'da ikkita jang o'tkazib, ikkalasida ham g'alaba qozongan Saidyoqub ayni damda AQSHda bo'lg'usi jang uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.
Havola :
Fikrlar