18 dek 10:54
Yangiliklar
Saidyoqub Qahramonov: "U o'lgudek charchagan edi"
Bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahrida 2022 yil hisobidan so'nggi UFC musobaqasi bo'lib o'tdi va unda eng engil vazndagi hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonov (10-3) ham navbatdagi jangini o'tkazdi.
Qahramonov rossiyalik Said Nurmagomedov (17-2)ga qarshi oktagonga ko'tarilib, yaqqol ustunlikka qaramasdan, ikkinchi raundda sabmishen orqali muddatidan avval mag'lub bo'ldi. Hamyurtimiz jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Mening xatoim shuki, bir necha bor oson himoyalangan bo'lsam-da, uning zarbalarini etiborga olmadim. U o'lgudek charchagan edi, hattoki jangdan so'ng yura olmadi ham, gapira olmadi ham. Reja o'sha-o'sha: dushanba kuni sport zaliga qaytish. Keyingi yigit o'ladi", - deb yozgan Saidyoqub o'z Tvitter sahifasida.
Fikrlar